O'zb
Oʻzbekiston OTMlari eMaktab platformasi bilan hamkorlikni boshlaydi
24 aprel 2024

Tashkent International University of Education xalqaro universiteti hamkorlik shartlari kelishilgan Oʻzbekistondagi ilk OTMlardan biri boʻldi.

Universitet oʻz kelajagini taʼlim va pedagogika sohasi bilan bogʻlashni istagan abituriyentlar uchun kunduzgi va sirtqi taʼlim dasturlarini taklif etadi. Bitiruvchilar asosan xususiy va davlat taʼlim muassasalarida, shuningdek IT va biznes boshqaruvi sohasida yuqori lavozimlarni egallaydilar.

eMaktab kompaniyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar, quyidagi beshta asosiy blokni oʻz ichiga oladigan eMaktab modulida taʼlim olayotgan talabalar uchun dasturga yozgi amaliyotni qoʻshish haqida kelishdilar:

  1. Oʻqituvchi uchun eMaktabdagi asosiy ishchi funksiyalar

  2. eMaktabda maktab maʼmurlari uchun imkoniyatlar

  3. “eMaktab.Oila” mobil ilovasining imkoniyatlari haqida

  4. eMaktabda hisobotlarni shakllantirish va yuborish

  5. “eMaktab.Smart”ning raqamli imkoniyatlari

Kelasi oʻquv yilida, modul asosida eMaktab.Smart platformasida toʻlaqonli onlayn oʻquv kursi tashkil etiladi va OTMning oʻquv dasturiga kiritiladi.

Onlayn oʻquv kursi talabalarga tizimda ishlashning barcha nozik jihatlarini oʻrganishga yordam berib, bitiruvchi va yosh mutaxassislarga taʼlim sohasida ishlashning oʻziga xos xususiyatlarini oson va tez tushunish imkonini beradi. Oʻquv moduli va keyinchalik kurs zamonaviy multimedia usullaridan foydalangan holda raqamli onlayn formatda oʻtkaziladi. Modulda taʼlim olish yakuniga yetgandan soʻng, talabalarga sertifikatlar beriladi”, - deydi Sabina Yunusova, eMaktab RTR loyihasi menejeri.

eMaktab raqamli oʻquv platformasi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston OTM vakillari team@emaktab.uz pochta manziliga ariza yuborishlari mumkin.