O'zb
O‘zbekiston MB: “eMaktab”da maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi ishga tushirilmoqda
12 dekabr 2023

O‘zbekiston Markaziy banki va “eMaktab” raqamli ta’lim platformasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab oʻquvchilarining bazaviy moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha qoʻshma raqamli taʼlim loyihalarini amalga oshirishdir.  

Loyiha doirasida moliyaviy savodxonlik asoslari  “Matematika”, “Ingliz tili”, 5-11-sinf o‘quvchilari uchun “Informatika”, shuningdek, “Iqtisodiyot asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” hamda yuqori sinflarda “Davlat va huquq asoslari” fanlariga qo‘shilib o‘qitiladi, sababi bu mavzu tanlangan fanlarning kalendar va tematik rejalariga to‘liq ravishda mos keladi. Shu bilan birga, o‘qituvchilar ma’lumotlarni bolalar uchun zarur bo‘lgan formatda moslashtira oladi: darsda tarqatma materiallar va uy vazifalari shaklida. Materialdan multimedia darsi uchun asos sifatida ham foydalanish mumkin.

Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv materiali raqamli formatda “eMaktab.Smart” platformasida joylashtiriladi. Darsbay rejalashtirish va ular asosida darslarni o‘tkazishda uni joriy etish natijalariga ko‘ra o‘qituvchilar “eMaktab.Smart” platformasidagi shaxsiy kabinetida sertifikat olishlari mumkin bo‘ladi.