O'zb
“Kundalik” kompaniyasi foydalanuvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi
30 sentabr 2022

O‘quv yilining boshida ko‘pchilik foydalanuvchilar Kundalik platformasi, uning imkoniyatlari, boshqaruv va obunalar bilan birinchi marotaba tanishadilar. Kompaniya vakillari ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tez-tez uchrab turadigan savollarga batafsil javob berishga harakat qilishdi.

O‘zbekistonda “Kundalik” tizimi nima uchun kerak?

“Kundalik” loyihasining maqsadlari – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini zamonaviy texnologiyalardan teng foydalanishni ta’minlagan holda yagona axborot muhitiga birlashtirish, raqamli tafovutni bartaraf etish, O‘zbekistondagi maktablarning ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning yutuqlarni qayd etish tizimini takomillashtirishdan iboratdir.

Mazkur maqsadlarga ta’lim va boshqaruv faoliyati jarayonlariga raqamli vositalarni joriy etish orqali erishiladi.

Kundalik tizimi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

- foydalanuvchilarni (o‘quvchilarning ota-onalari va qonuniy vakillarini) o‘zlashtirishi va davomat to‘g‘risida xabardor qilish;

- maktab dars jadvalini yuritish;

- uy vazifasini berish;

- fayllar va shaxsiy xabarlar almashinuvini tashkil etish;

- maktablar va ta’lim organlari uchun hisobotlar tayyorlashni avtomatlashtirish.

“Kundalik” o‘qituvchilar ishini osonlashtiradi va tejalgan vaqtni ular o‘z kasbiy faoliyatini rivojlanishlariga yoki o‘quvchilar bilan qo’shimcha ishlashga sarflashlari mumkin bo‘ladi.  

“Kundalik” o‘quvchilar va ota-onalar uchun tunu-kun baholar va uy vazifalari bilan tanishish imkoniyatini, bolalarning qayerdaligini, o‘zlashtirish reytingini, aloqa uchun xavfsiz tarmoq va boshqa funksiyalardan foydalanishni taklif etadi. 

“Kundalik” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son farmoni asosida amalga oshirilmoqda.

Qog‘oz kundalik ta’lim sohasidagi zamonaviy talablarga javob bermaydi, elektron shakli esa, aksincha, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va fanlarni o‘rganish, motivatsiya, maktab hayotini kuzatish uchun qo‘shimcha multimedia vositalarini taqdim etish imkonini beradi, shuningdek, aholining AKT-savodxonligi rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Nima uchun foydalanish pullik?

Xalq taʼlimi vazirligi va kompaniya oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida davlat uchun imtiyozli shartlar asosida shartnoma imzolandi. Shunday qilib, “Kundalik” timsolida xususiy sherik platformani ishlab chiqish, uni amalga oshirish, texnik ta’minlash, ta’lim organlari xodimlarini o‘qitishga sarmoya kiritadi va byudjet mablag‘larini sarflamagan holda Davlat xususiy investitsiyalarsiz sifatli amalga oshirish mumkin bo‘lmagan loyihalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zbekiston maktablariga “Kundalik”ning joriy etilishi mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, elektron kundalikning narxi qog‘oz narxiga teng. 

“Kundalik” obunasining narxi qancha?

2022-2023 o‘quv yilida “Kundalik” uchun yillik obuna to‘lovi 8000 so‘mga tushirildi, foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun ikkita paket taqdim etildi: “Kundalik” va “PRO Kundalik”.

“Kundalik” paketi narxi yiliga 8000 so‘m turadi. Mazkur summa uchun www.kundalik.com veb-saytida elektron kundalik bilan ishlash yoki “Kundalik.Family” mobil ilovasi orqali uning kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanmasdan axborot xabarlarini olish mumkin. Saytda barcha ta’lim ma’lumotlari aks ettirilgan: baholar, jadvallar va bolalarning uy vazifalari. Shu bilan birga, “Kundalik” uchun har bir bolaga alohida to‘lov amalga oshiriladi.

“PRO Kundalik” paketi narxi yiliga 40 000 so‘m turadi. “PRO Kundalik” obunasi uchun toʻlov amalga oshirilganda oilaviy foydalanish rejimi yoqiladi: maktab hayoti haqida batafsil maʼlumot olishni xohlovchi barcha oila aʼzolari hamda maktab oʻquvchilari Kundalik.Family ilovasidan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin boʻladi. Bitta obuna – butun oila uchun. Shunday qilib, bir nechta o‘quvchi bo‘lgan oilada “PRO Kundalik” tarifga ulanish taklif qilinadi. Mazkur obuna summasiga saytdagi elektron kundalikdan foydalanish hamda “Kundalik.Family” mobil ilovasining kengaytirilgan funksiyalari kiradi. Shuningdek “Kundalik.Tracker”ni ulash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu sizga o‘quv kuni davomida bolaning qayerdaligini kuzatish imkonini beradi.

Nima uchun ilova ichidagi obuna narxi AQSh dollarida ko‘rsatilgan?

“PlayMarket” va “AppStore”ning o‘rnatilgan obuna mexanizmi so‘mni valyuta sifatida qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu munosabat bilan ilovada to‘lovni amalga oshirishda valyuta, saytda esa so‘m ko‘rsatilgan.

Milliy valyutada www.kundalik.com veb-saytiga obunani Davr Bank, Click, Payme, Humans va UPay to‘lov tizimlari orqali xarid qilishingiz mumkin. Naqd pulda to‘lashni xohlovchilar uchun bu imkoniyat UPay savdo nuqtalarida mavjud. Agar siz Humans ilovasi orqali 2022-yil sentabr oyi oxirigacha toʻlasangiz, veb-talqin uchun toʻliq obuna summasi keshbek shaklida qaytariladi.

“PRO Kundalik” paketini bir oyga “PlayMarket” yoki “AppStore”da 0,49 AQSh dollari evaziga xarid qilishingiz mumkin. Ilova va saytdagi obuna narxi “PlayMarket” va “AppStore”da valyuta kursining konvertatsiyasi tufayli biroz farq qilishi mumkin.  

Nima uchun o‘tgan o‘quv yilida “Kundalik.Family” ilovasiga bo‘lgan obuna bekor qilindi?

Obuna bekor qilinmaydi. “Kundalik” kompaniyasi foydalanuvchilarga 2021-yil noyabr oyi oxirigacha premium xizmat sifatida ilovaning yaroqliligini sinab ko‘rish imkonini berdi. Tizimga kirishga uringan ilova foydalanuvchilari tanlangan tarifni to‘lashi va tizimga kirishi kerak. Agar siz “Kundalik” veb-talqiniga obuna bo‘lsangiz, “PRO Kundalik” to‘plamini arzonlashtirilgan narxda faollashtirishingiz mumkin – bu yiliga 31 400 so‘mni tashkil etadi.

Obuna amalda bo‘lgan vaqtda elektron kundalik bilan ishlash uchun veb-talqindan foydalanish mumkin.

Tizimda shaxsiy ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuni talablariga muvofiq “Kundalik” MChJ serverlarni O‘zbekiston davlat telekommunikatsiya operatori – “O‘ztelekom” AJdan ijaraga oladi.

Saytning davriy muammosiz ishlashini ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rildi?

Barcha foydalanuvchilar platformada maksimal yuklamalarni hisobga olgan holda qulay ishlashlari uchun “Kundalik” kompaniyasi “O‘ztelekom” AJdan ijaraga olingan quvvatlardan tashqari, o‘z sarmoyalari hisobiga zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalarni harid qilishni boshladi. “Kundalik”ka obuna bo‘lish ixtiyoriy ekanligini inobatga olsak, uskunani harid qilish: obuna sotib oluvchi foydalanuvchilar soni ortib borishi va yangi jihozlarga ehtiyoj tug‘ilishi bosqichlarga bo‘linadi.

Bugungi kunga qadar platformaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun “Dell” kompaniyasidan jami 1,07 million AQSh dollariga server va tarmoq uskunalari harid qilindi. Uskunalar “O‘ztelekom” AJ ma’lumotlar markaziga o‘rnatilgan.

Shuningdek, “Kundalik” platformasi “UZ” domen zonasida eng ko‘p tashrif buyuriladigan saytlardan biri bo‘lganligini inobatga olib, yaqin kelajakda yuqori texnologiyali ma’lumotlarni qayta ishlash klasterini yaratish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunga qadar loyiha ustida ishlashga 100 nafardan ortiq texnik mutaxassislar, jumladan dasturchilar, sifat nazorati bo‘yicha mutaxassislar, texnik yordam va tizim ma’murlari jalb etilgan.

“Kundalik”ka obuna bo‘lish majburiymi?

Ota-onalar har doim tanlash huquqiga ega, obunani rasmiylashtirish ixtiyoriydir. Faqat elektron jurnallardan foydalaniladigan maktablarda bolalar uchun baholar, jadvallar va uy vazifalari elektron kundaliklarda aks ettiriladi, bu ta’lim tashkilotlarida qog‘oz kundaliklardan foydalanishmaydi. Elektron kundalikka obuna sotib olishdan bosh tortgan holda, ota-onalar o‘z farzandlarining maktab hayotiga oid baholar va boshqa ma’lumotlarni bevosita maktabga kelib olishlari mumkin. Bugungi kunga qadar Samarqand, Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, shuningdek Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari maktablari to‘liq qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatda 5 mingdan ortiq maktab mavjud.

Agar sizda savollar bo‘lsa, foydalanuvchilar texnik yordam xizmatiga

telefon orqali: +998 78 888 8282,

pochta orqali: team@kundalik.com,

Telegram-bot orqali: @Kundalik_support_bot orqali murojaat qilishlari mumkin.

Kundalik matbuot hizmatining elektron manzili: press@kundalik.com.