O'zb
“Kundalik”da yangi to‘lov usullari va tarif paketlari ishga tushirildi
29 avgust 2022

Kundalik narxi 2022-2023 o‘quv yilida Kundalik uchun yillik obuna to‘lovi 8000 so‘mga tushiriladi, foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun ikkita paket taqdim etiladi: Kundalik va PRO Kundalik.

Kundalik narxi 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yiliga 8000 so‘mga tushiriladi. Mazkur summa uchun www.kundalik.com veb-saytida elektron kundalik bilan ishlash yoki Kundalik.Family mobil ilovasi orqali uning kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanmasdan axborot xabarlarini olish mumkin. Shu bilan birga, Kundalik uchun har bir bolaga alohida to‘lov amalga oshiriladi.

PRO Kundalik talqini narxi yiliga 40 000 so‘m turadi. Mazkur summaga saytdagi elektron kundalikdan foydalanish hamda Kundalik.Family mobil ilovasining kengaytirilgan funksiyalari kiradi. PRO Kundalik obunasi uchun toʻlov amalga oshirilganda oilaviy foydalanish rejimi yoqiladi: maktab hayoti haqida batafsil maʼlumot olishni xohlovchi barcha qarindoshlar hamda maktab oʻquvchilari Kundalik.Family ilovasidan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin boʻladi. 

Shuningdek, siz PRO Kundalik paketini bir oyga “PlayMarket” yoki “AppStore”da 0,49 AQSh dollari evaziga xarid qilishingiz mumkin. Bunda foydalanuvchi ilovaning veb-talqini va kengaytirilgan variantlariga kirish huquqiga ega bo'ladi.

Ilova va saytdagi obuna narxi “PlayMarket” va “AppStore”da valyuta kursining konvertatsiyasi tufayli biroz farq qilishi mumkin. “PlayMarket” va “AppStore”ga faqat VISA yoki MasterCard-dan foydalanib, telefoningiz sozlamalariga mos keladigan valyutada obunani rasmiylashtirish mumkin.

Muqobil to‘lov usullari www.kundalik.com saytida mavjud. Hozirda obuna uchun to‘lovni Davr Bank, Click yoki Payme toʻlov tizimi orqali, shuningdek Davr mobile, Click Evolution, Payme mobil ilovalarida Kundalik ID dan foydalangan holda toʻlash mumkin.

Toʻlov boʻyicha koʻrsatmalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.