O'zb
Kundalik tizimida O‘zbekistondagi maktablar bo‘yicha hisobot taqdim etildi
9 iyun 2022

Dashbord - Kundalik tizimida tatbiq etilgan ta’lim boshqaruvi organlari uchun vositadir. U - Kundalik tarmogʻiga ulangan Oʻzbekistondagi barcha davlat maktablarining faolligi haqidagi maʼlumotlarni o‘zida mujassam etgan. Statistik ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan talablar asosida shakllantiriladi va hisobot davri haqidagi ma’lumotlar har hafta yangilanadi.

Kundalik.com tizimidagi faollikni monitoring qilish uchun interaktiv xaritani bosish mumkin va ranglar tanlangan faollik ko‘rsatkichiga qarab o‘zgarib boradi: 

  • Yashil rang bilan tanlangan faollik ko‘rsatkichini to‘liq bajarayotgan hududlar/tumanlar belgilangan;
  • Sariq rang bilan tanlangan faollik ko‘rsatkichini to‘liq bo‘lmagan holda bajarayotgan hududlar/tumanlar belgilangan;  
  • Qizil rang bilan tanlangan faollik ko‘rsatkichini bajarmayotgan hududlar/tumanlar belgilangan.

Hudud ustiga kursorni olib kelsangiz, mintaqa/tuman nomi haqida eslatma paydo bo‘ladi, uni bosganingizda tanlangan hudud/tumanning faollik monitoringgi sahifasi hosil bo‘ladi.

 

Dashbordga kirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola orqali amalga oshiriladi. “Kundalik.com orqali kirish” tugmasini bosib, foydalanuvchi avtorizatsiyaning standart shakligi o‘tadi. Kirish uchun “Kundalik.com”dagi profilning login va kalit so‘zi kerak bo‘ladi.