O'zb
“Kundalik”da ishlash to‘g‘risidagi savollarga javoblarni Telegram bot orqali olish mumkin
1 aprel 2022

Kundalik platformasi foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Telegram bot tashkil etdi. Endi telefon yoki pochta orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilmasdan hamda operatorning javobini kutmasdan o‘z savollaringizga javob olish, taklif yoki fikr bildirish mumkin.


@Kundalik_support_bot yordamida siz kirishni qanday tiklash va obuna uchun to‘lovni amalga oshirish haqida ma’lumot olishingiz, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga kirib, platforma funksiyalari bilan ishlash bo‘yicha video-yo‘riqnomalarni topishingiz mumkin. Bot, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroqlaringiz arxivini olish va ko‘p uchraydigan texnik muammolarni hal qilishda yordam beradi. Botda “Texnik qo‘llab-quvvatlshga yozish” tugmasini bosish orqali ham so‘rov yuborishingiz mumkin.


So‘rovlar qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan navbatiga qarab ko‘rib chiqiladi, javoblar xabar olinganidan keyin 24 soat ichida taqdim etiladi.


Telegram botini yaratishda biz birinchi navbatda elektron pochtasi yo‘q yoki Call-markaziga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun texnik yordam xizmati bilan bog‘lanishni imkon qadar osonlashtirmoqchi edik. Telegram – O‘zbekistonda ko‘pchilikka tanish bo‘lgan messenjer bo‘lib, unda endi siz bir necha marta bosish orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov yuborishingiz, istalgan vaqtda javob olishingiz va olingan ma’lumotlarga qaytishingiz mumkin. Javoblar bazasi har doim smartfoningizdagi bot chatida bo‘ladi. “Sayt” tugmasi yordamida brauzer satrida manzilni yozmasdan platforma veb-saytiga o‘tishingiz mumkin”, - deydi “Kundalik”ning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari Hilola Izzatova.