O'zb
Kundalik tizimida ishlashni onlayn o‘rgatish bo‘yicha ikkinchi bosqich yakunlandi
23 iyun 2020

Kundalik tizimida ishlashni onlayn o‘rgatish bo‘yicha ikkinchi bosqich yakunlandi

Kundalik metodik bo‘limi xodimlari O‘zbekiston maktablarida pedagoglarni masofadan turib o‘qitish bo‘yicha ikkinchi bosqichni yakunladi.

Birinchi bosqichda seminarlar har bir hududdan o‘nta maktab uchun o‘tkazildi. Shuningdek tizimda ishlashni O‘zbekiston IIVning 14 ta liseyi xodimlari ham o‘rgandi.

Ikkinchi bosqich butun mamlakat bo‘ylab 180 ta maktab uchun onlayn-seminarlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgandi. Ikkala bosqich yakunlari bo‘yicha 204 ta o‘quv muassasasining xodimi hamda viloyat va tuman xalq ta'limi bo‘limlarining rahbarlari  Kundalik tizimida ishlashni o‘rganib oldi.

«Karantin munosabati bilan maktablarda kunduzgi seminarlarni o‘tkazish uchun bizda imkoniyat yo‘q edi. Ammo vaqtni yo‘qotmaslik va kelasi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun onlayn-ta'limni tashkil etishga qaror qilindi. Albatta, bu qator qiyinchiliklarni ko‘zda tutadi, odamlar axborotning onlayn uzatilishiga o‘rganmagan, shu bois har doim ham uni to‘liq hajmda o‘zlashtirishga ulgurmayapti. Biroq pedagoglarimiz seminarlar paytida faollik ko‘rsatishmoqda, tushunarsiz jihatlarni so‘rab olishmoqda va natijada seminarlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Biz ular bilan doim aloqadamiz va  har doim zudlik bilan yordam berishga tayyormiz, buning uchun texnik ko‘mak bo‘limiga murojaat qilishni tavsiya etamiz», – deydi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.