O'zb
“Kundalik” tizimida  “Jurnallar” bo‘limi yangilandi
25 aprel 2023

Yangilangan “Jurnallar” bo‘limi bilan ishlash o‘qituvchilar uchun yanada qulayroq bo‘ldi. Endilikda darsbay rejalashtirish “Fan bo‘yicha jurnal” bilan bir sahifaga chiqarildi. Ilgari o‘qituvchi ko‘proq ishni bajarishi kerak edi: jurnalga kirish hamda alohida sahifada darsbay rejalashtirishni ochish. Bugungi kunda o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin. 

O‘qituvchilarning iltimosiga ko‘ra, “Kun uchun jurnal”da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi siz “Kun uchun jurnal”da davomat va baholarni belgilashingiz hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashingiz mumkin.

Shuningdek, interfeys dizayni ham yangilandi, u yanada zamonaviy va qulay bo‘ldi. O‘qituvchilar jurnalni “Kundalik”ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida to‘ldirishlari mumkin.

MMTV huzuridagi Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining iltimosiga binoan,  sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi.

Uzrli sababli:

• Uzrli sababga ko‘ra qatnashmaslik (p | dq)
• Kasallik sababli yo‘qligi (b | k)
Uzrli sababsiz:

Uzrli sababsiz qatnashmaslik (n|s)
• Muntazam o‘tkazib yuboradi (c | m)
•Ruxsatsiz xorijda (zg | ch)
• Ota-onalar o‘qishiga qarshilik qiladilar (rp | q)
• Ota-ona nazorati yo‘q (bk | ns)
Turmush qurganligi sababli o‘tkazib yuborgan (cn | tq)

Boshqa sabablar:

• Darsga kechikkanligini bildirish (o | kq)

Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish, Maktab” hama “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari uchun” davomat hisobotlari paydo bo‘ldi, bu esa nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.

Dars o‘tilgan kundan boshlab 72 soatdan keyin baholarni tahrirlashni taqiqlash 2023-yil 26-apreldan kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va o‘quv jarayonining shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug‘iga asosan baholar “Kundalik” elektron sinf jurnaliga onlayn va oflayn rejimda kiritiladi.

Onlayn kiritilgan baholar “Oʻzgarishlar tarixi” boʻlimida kuzatiladi va ularni 72 soat ichida oʻzgartirish (toʻldirish) mumkin. Boshqa hollarda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga rasmiy xat bilan murojaat qilishingiz kerak.