O'zb
“Kundalik” O‘zbekistonda ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha yangi yechimlarni taklif etadi
26 oktabr 2022

Kundalik kompaniyasi vakillari Dnevnik.ru texnologik hamkori bilan birgalikda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Ta’lim sohasini raqamli o‘zgartirish uchun platformalar va xizmatlar” xalqaro raqamli aksiyasida ishtirok etdi. 

“Dnevnik.ru” saytining rivojlantirish bo‘yicha direktori Yuriy Boyko “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini davlat-xususiy sheriklik modeli bo‘yicha raqamlashtirish” mavzusidagi taqdimot bilan chiqdi. U “Kundalik” platformasining rivojlanish bosqichlari, shuningdek, O‘zbekistonning “EdTech” bozorida amalga oshirish uchun yangi loyihalar haqida gapirdi.

Kundalik” tizimi O‘zbekistonda ikki yildan ko‘proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani va ta’lim tashkilotlari orasida talabga ega ekanligidan tashqari, biz ushbu jarayonni raqamlashtirish va hujjatlar bilan bog‘liq qog‘ozbozlik muammolarini kamaytirish imkonini beruvchi yangi istiqbolli loyihalar haqida ham gapirmoqchimiz: maktabgacha yoshdagi bolalarning kundaligi, maktabda ovqatlanish uchun naqd pulsiz to‘lovni avtomatlashtirish tizimi, uy vazifalarini avtomatik ravishda berishni nazarda tutuvchi elektron kontent, shuningdek, test sinovlari, maktablar va kasb-hunar ta’limi muassasalariga ro‘yxatga olish tizimi”, — dedi Yuriy Boyko.

“Kundalik” raqamli ta’lim platformasining foydalanuvchilar uchun imkoniyatlari bugungi kunda nafaqat elektron jurnallar va kundaliklar, balki bir qator qo‘shimcha xizmatlar bilan ham ifodalanadi:

* Kundalik.Teacher pedagoglar uchun mobil ilova, unda o‘qituvchi hatto Internetga ulanmasdan ham jurnallarni to‘ldirishi mumkin;
* Bolalarning qayerda ekanligini ko‘rsatuvchi, reyting va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni ko‘rish imkonini beruvchi ota-onalar va o‘quvchilar uchun Kundalik.Family mobil ilovasi;
* Ta’lim organlari uchun vosita — “Kundalik” tizimiga o‘rnatilgan dashbord. Unda “Kundalik” tarmogʻiga ulangan Oʻzbekistondagi barcha davlat maktablari faoliyati haqidagi maʼlumotlar mavjud;
* “Kundalik.Smart” – maktab o‘quv dasturi doirasidagi fanlarni qo‘shimcha o‘rganish uchun multiservisli onlayn platforma;
* O‘quvchining chorak/trimestr/semestr davomida bir fan bo‘yicha o‘rtacha ballidan shakllantiriladigan sinfdagi reytingini aks ettiruvchi “O‘zlashtirish tahlili” ilovasi.Raqamli yangilanish doirasida bugungi kunda “Kundalik” maktabgacha ta’limni raqamlashtirish uchun zarur resurslar va vositalarga ham ega ekanligi ta’kidlandi. Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari guruhdagi kun tartibini ko‘rishlari, ovqatlanish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishlari, sharhlar qoldirishlari va tarbiyachilar bilan onlayn muloqot qilishlari mumkin. “Kundalik” orqali bolalarni maktab va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga joylash mumkin. Yangi imkoniyatlarning amalga oshirilishi butun ta’lim sohasini raqamlashtirish jarayonini tezlashtiradi.