O'zb
Kundalik platformasi bilan o‘zining ishlash tajribasi haqida Oxbridge International School xususiy maktab qo‘llanmasi
8 iyul 2022

O‘zbekistondagi xususiy maktablar Kundalik tizimiga ulanishda davom etmoqda. Platforma bilan ishlashni boshlagan birinchi maktablardan biri bu “Oxbridge International School”dir. Barabash Natalya Vladimirovna, Oxbridge International School maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Kundalik platformasi bilan o‘zining ishlash tajribasi haqida so‘zlab berdi.

 

- Iltimos, maktabingizda Kundalik platformasi bilan ishlash tajribasi haqida gapirib bersangiz.

- Biz raqamli jurnal bilan ishlashni ancha oldin boshlaganmiz va O‘zbekiston bozorini tark etgan boshqa platformada ishlash tajribasiga ega bo‘lganmiz. O‘sha paytda, parallel ravishda, barcha ma’lumotlar qog‘oz jurnallarida takrorlanardi. O‘zbekiston ta’lim bozorida Kundalik paydo bo‘lgandan so‘ng, bizning maktab xususiy maktablar orasida birinchilardan bo‘lib ushbu platformadan foydalandi va u bilan 2,5 yildan beri ishlayapmiz.

- O‘qituvchilar va ota-onalar “Kundalik”ka qanday munosabatda bo‘lishdi?

- Avvaliga hamma uchun qiyin bo‘ldi, lekin ishlash jarayonida tizimdan foydalanish prinsipi oydinlashdi va hamma bunga juda tez ko‘nikdi. Bundan tashqari, maktabning barcha o‘qituvchilari qog‘oz hujjatlardan voz kechish va faqat qog‘ozsiz ish jarayonidan foydalanish mumkinligidan xursand bo‘lishdi. Har qanday hisobot avtomatik tarzda yaratilishi juda qulay, bu sizga ish vaqtini muhimroq maqsad va vazifalarga sarflash imkonini beradi.  

Elektron jurnal ish vaqtini optimallashtirishga, maktab hujjatlarini to‘ldirishga vaqtni tejashga qanday yordam beradi?

- Bir tomondan yordam beradi: qog‘oz jurnali yo‘q, bu esa tabiiyki ishni osonlashtiradi, hamma narsani kiritib, o‘sha yerda saqlash mumkin. Siz tezda hisobot yaratishingiz, jurnalga kiritilgan har qanday o‘zgarishlarni ko‘rishingiz mumkin va baholarni “soxtalashtirish” imkoni yo‘q .

- Karantin davrida maktabingizda o‘quv jarayoni qanday kechdi?

- Barcha darslar “Zoom” va “Kundalik” platformalaridan foydalangan holda jadvalga muvofiq o‘tkazildi, shuning uchun mashg‘ulotlarda  uzulishlar bo‘lmadi. Bu yil esa biz Kundalik bilan integratsiyalashgan “Zoom”dan foydalanishni boshladik.

Bolalarga bunday yondashuv juda yoqadi, chunki ular boshlang‘ich sinflardan boshlab zamonaviy texnologiyalar bilan tanishadilar, shuningek ular o‘zlarining yutuqlarini o‘zlari nazorat qila oladilar. Bu esa axborot texnologiyalariga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantiradi. Mazkur yo‘nalishga alohida e’tibor qaratayapmiz. Maktabimizda 8-9-sinf o‘quvchilari uchun ikki va uch o‘lchovli kompyuter yordamida loyihalash va chizmachilik tizimi bo‘lgan AutoCAD dasturi o‘qitiladi.

- Ota-onalar farzandlarining maktab hayotini kuzatish uchun tizimga qanchalik faol kirishadi?

- Аvvaliga aksariyat ota-onalar ushbu platforma bilan qanday ishlashni tushuna olmadilar. Hozir esa yil sayin ota-onalar tobora faollashayapti. Hozirgi vaqtda ota-onalarning taxminan 60-70 foizi Kundalik yordamida farzandlarining maktabdagi hayotini monitoring qilishayapti.

- O‘qituvchining kundalik faoliyatida axborot texnologiyalari qanday o‘rin tutadi?

- Maktabimizda har bir sinf xonasi interaktiv doskalar bilan jihozlangan, ish uchun Google formalari, Yandex sinf, Class-room va boshqa raqamli vositalardan faol foydalanamiz. Kundalik biz uchun juda muhim, chunki qog‘ozbozlik ishlari ancha kamaydi, individual topshiriqlar berish, shuningdek, jurnalning shaxsiy kabinetlari orqali o‘quvchilar va ota-onalardan fikr-mulohazalarni olish imkoniyati mavjud.