O'zb
Kundalik.Family ilovasining PRO-talqiniga obuna haqida
6 may 2022

Kundalik.Family ilovasining PRO-talqiniga obuna bo‘lish miqdori qancha?

Ikkita paket taqdim etiladi: Standart va PRO.

Standart paket 2022-yil 1-sentabrdan boshlab yiliga 8200 so‘mni tashkil etadi. Mazkur miqdor Kundalik veb-talqini + Kundalik.Family ilovasining asosiy talqiniga bo‘lgan obunani o‘z ichiga oladi.   Shu bilan birga, kundalikning veb-talqini uchun har bir farzandga alohida to‘lov amalga oshiriladi.

PRO paketining narxi 1 yil uchun 40 000 so‘m.  Mazkur miqdor Kundalik veb-talqini + Kundalik.Family ilovasining PRO-talqiniga bo‘lgan obunani o‘z ichiga oladi.  Kundalik.Family ilovasida bitta PRO obunasi uchun to‘lov amalga oshirilganda, maktab hayoti haqida batafsil ma’lumot olishni xohlovchi oiladagi barcha maktab o‘quvchilari hamda oila a’zolari ilovadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ilova va saytdagi obuna narxlari “PlayMarket” va “AppStore”da valyuta kursining konvertatsiyasi sababli biroz farq qilishi mumkin.

Agar veb-talqini uchun pul to‘langan bo‘lsa, nima uchun ilovaga kirish uchun ham pul to‘lash kerak?

Yillik elektron kundalik obunasi va mobil ilova bir-birini to‘ldiruvchi mahsulotlardir.

Yiliga 8200 so‘mlik elektron kundalik obunasi elektron kundalik veb-talqinining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga Kundalik.Family ilovasining bepul asosiy talqinidan foydalanish imkoniyati mavjud.  Asosiy talqinda baholar va jadvallarni real vaqt rejimida tezkor bildirishnomalar funksiyasi yordamida olish mumkin bo‘lib, elektron kundalikning veb-talqini imkoniyatlarini to‘ldiradi.

Ilovaning PRO-talqini bolalarning maktab hayotini kuzatish uchun qo‘shimcha vosita bo‘lib, ko‘proq qulaylik hamda yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.  Ilovaning pullik talqinidan foydalanish har bir insonning shaxsiy tanlovidir.

PRO-talqinida quyidagilar mavjud:

- elektron kundalikning barcha funksiyalari;

- bolaning fanlar bo‘yicha sinfdagi reytingi;

- o‘rtacha ball va haftaning natijalari;

 - bolaning joylashgan joyi (трекинг);

- joriy dars haqida ma’lumot;

- ertangi kun uchun muhim ishlar haqida ma’lumot;

- keyingi o‘quv kuni uchun uy vazifalari soni haqida ma’lumot;

- o‘qituvchining sharhlari haqida ma’lumot;

- yo‘qlama, baholar  va darsga sharhlar haqida xabarlar.