O'zb
Kundalik.com saytidagi reklama to‘g‘risida
1 mart 2022

Kundalik - ijtimoiy mas’uliyatli loyihadir. Sayt sahifalarida “Reklama to‘g‘risida”gi 1998-yil 25-dekabrdagi N 723-I qonuniga zid bo‘lmagan mazmundagi reklama mavjud. Kundalik.com faqat tasdiqlangan reklama beruvchilarning reklamalarini 6+ toifasiga muvofiq joylashtiradi.

Masalan, ayollar gigienasi mavzusidagi reklamalar faqat auditoriyaning ayollar qismigagina ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, bunday mazmundagi reklama ta’limiy xususiyatga ega bo‘lib, qizlar va onalarning o‘z salomatligidan xabardorlik darajasini oshiradi.

Xizmatlardan foydalanishdan AVVAL qabul qilingan foydalanuvchi shartnomasida reklama mazmuni mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud (1.12-band). 

Qayd etamiz, reklama elektron kundalikka kirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovdan qat’iy nazar joylashtiriladi, bunda qonun buzilishi yo‘q. 

Hozirda ushbu brend bilan hamkorlik auditoriya ayollar salomatligi mavzusining ahamiyatini noto‘g‘ri tushunganligi va axborot xabarini noto‘g‘ri talqin qilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida to‘xtatib qo‘yilgan.