O'zb
2021-yil davomida “Kundalik”ka 500 milliondan ortiq baholar hamda uy vazifalari kiritilgan
12 yanvar 2022

Kundalik raqamli taʼlim platformasida Oʻzbekiston boʻylab 6 mingdan ortiq maktablar roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 5 mingdan ko‘progʻi qogʻoz kundalik va jurnallardan butunlay voz kechib, elektron hujjat aylanishiga oʻtishgan.

Kundalik kompaniyasi ishlanmalari sababli Oʻzbekiston taʼlim xizmatlari bozorida taʼlim sifatini oshirish, ish jarayonlarini raqamlashtirish orqali oʻqituvchilar mehnatini soddalashtirish boʻyicha yangi xizmatlar paydo boʻldi. 

Yangilangan Kundalik.Teacher mobil ilovasi o‘qituvchiga internet tarmog‘iga ulanmasdan turib, baho qo‘yish, o‘chirish, o‘zgartirish, dars mavzusi hamda uy vazifasi matnini o‘zgartirish imkonini beradi. Hozirgacha O‘zbekistonning 200 mingdan ortiq pedagoglari ilovadan foydalanmoqda.   

Bu yilgi asosiy ishlanmalardan biri Kundalik.Family ilovasi bo‘lib, uning ikkita talqini mavjud - asosiy (bepul) va PRO (pullik). Ilova yordamida ota-onalar farzandining qayerdaligi, baholari va davomati haqida tezkor bildirishnoma olishlari, bolaning sinfdagi reytingi, keyingi o‘quv kunidagi uy vazifalari soni, o‘rtacha ball va hafta yakunlarini ko‘rishlari mumkin. Maktab o‘quvchilarida esa ilova orqali kundalikning barcha xizmatlaridan foydalanish, uy vazifalari va fayllarni bajarilgan ijodiy topshiriqlar bilan birga yuborish, jadvalni ko‘rish va o‘z kunlarini mustaqil ravishda rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ld i. Foydalanuvchilarga yangi mahsulotning qulayligini sinab ko‘rish imkoniyatini berish uchun Kundalik.Family ilovasi 2021-yil oxirigacha bepul taqdim etildi. Hozirning o‘zidayoq ilova “Play Market” va “App Store”da 1 million marotabadan ortiq yuklab olingan.

Kundalik.Tracker - bu PRO obunasiga kiritilgan bepul dastur bo‘lib, bolaning joylashuvi haqida ma’lumot olish uchun yaratilgan va hozirgacha 58 ming marotabadan ko‘proq yuklab olingan.

Joriy yilda maktab o‘quv dasturidagi fanlarni qo‘shimcha o‘rganish uchun multiservisli onlayn platforma yaratish maqsadida Kundalik.Smart loyihasi ham ishga tushirildi. Ushbu loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruktor, fanlar, sinflar yoki respublika ro‘yxatiga kiritilgan darsliklarning mazmuni bo‘yicha guruhlangan o‘quv qo‘llanmalari katalogi. Platformada, shuningdek, masofaviy ta’lim xizmatlari, motivatsiya va geymifikatsiya vositalari taqdim etilgan. Bugungi kunda o‘qituvchi “Kundalik”dagi “Kalendar rejalashtirish” bo‘limi orqali o‘zining raqamli darsini yaratishi, uni video, audio materiallar, test topshiriqlari bilan boyitishi hamda uy vazifasi sifatida berishi mumkin. Agar xohish bo‘lsa, mashg‘ulotni darslik yoki mavzu bo‘yicha rasmiy tematik reja bilan bog‘lash mumkin.      

Dekabr oyida “Zoom”ning Kundalik platformasiga integratsiyasi amalga oshirildi. Bu o‘qituvchilarga maktab o‘quvchilari uchun onlayn video darsliklarni tez, oson va bepul o‘tish imkonini beradi. Kundalik ta’lim platformasidagi Zoom imkoniyatlari videodarslarni yaratish va rejalashtirish jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchilarga hatto masofaviy o‘qitish davrida ham zamonaviy EdTech vositalaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu funksiya mavjud bo‘lgan maktablar ro‘yxati asta-sekin kengayadi. 2021-yil dekabr oyi oxirigacha barcha maktablarda o‘qituvchilar yangi xizmatdan foydalanishlari rejalashtirilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida tizimda 562 milliondan ortiq baho qo‘yildi, 55 milliondan ortiq uy vazifasi topshirildi. O‘rtacha hisobda platformaga kuniga 1,2 million nafardan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyurishmoqda.

Bu yil davomida “Kundalik”ning qo‘llab-quvvatlash xizmatixodimlari tizim bilan ishlash bo‘yicha 53 mingta konsultatsiya berishdi. Kompaniya metodistlari esa 67 ming nafardan ortiq o‘qituvchilar, tuman va viloyat XTB xodimlarini platforma bilan ishlashga o‘rgatishdi, 4,5 mingdan ortiq maktab o‘qituvchilari uchun 650 dan ortiq onlayn suhbatlar, seminarlar o‘tkazishdi. Shuningdek, 1,7 ming ota-onalar uchun Kundalik imkoniyatlarining taqdimoti tashkil etildi.

Yangi yilda foydalanuvchilar uchun yangi xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish chegaralarini kengaytirish rejalashtirilgan.