O'zb
Kundalik platformasidagi qarindoshlik rishtalarini qanday tasdiqlash mumkin?⠀
8 oktabr 2021

☝ Bir yoki ikki va undan ortiq farzandlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish uchun ota-ona va o‘quvchining profilini bog‘lash, ya’ni qarindoshlik rishtalarini o‘rnatish kerak.⠀
☝ Buning uchun maktab ma’muri yoki sinf rahbariga murojaat qilish hamda xodimga platformadagi to‘liq FISh va loginingizni aytishingiz kerak.⠀
1⃣ Ma’mur yoki sinf rahbari uchun qadamlar:⠀
➡ “Taʼlim” – “Mening maktabim” – “Ma’muriyat” bo‘limiga kiramiz (gayka kaliti (gayechniy klyuch) belgisi);⠀
➡ “Odamlar” blokida “Odamlar ro‘yxati”ni bosing;⠀
➡ so‘ngra, “O‘quvchilar” yorlig‘i orqali kerakli bolani tanlaymiz hamda ism va familiyasi ko‘rsatilgan qatorni bosamiz;⠀
➡ yangi sahifada “Qarindoshlar” yorlig‘ini bosamiz va o‘ng tomonda “Qarindoshni qo‘shish”ni bosamiz;⠀
➡ qarindoshni qo‘shish usulini tanlaymiz: “Yangi foydalanuvchi”, “Sizning maktabingizdan” yoki “Boshqa maktabdan” – so‘ngra “Keyingi” tugmasini bosamiz;⠀
➡ ekranning chap tomonida “Ota-onalar” yorlig‘ini bosamiz - kerakli ota-onani topamiz hamda ism va familiyasi yozilgan qatorni bosamiz;⠀
➡ so‘nggi qadam - ota-onaning ma’lumotlarini tekshiramiz (ekranning o‘ng tomonida taklif qilingan variantlardan mos kelgan qarindoshlik darajasini ko‘rsatamiz) – quyida “Bog‘lash” tugmasini bosamiz.⠀
👍 Ajoyib! So‘rov ota-onaga yuborildi.

 Video yo‘riqnoma: https://t.me/kundalik_com/598

 

So‘ngra ota-onaning munosabatlarni tasdiqlash so‘rovini qabul qilish uchun quyidagi amallarni bajaramiz:⠀

➡ profilga kiramiz - menyu paneli ustidagi ekranning yuqori qismidagi to‘liq FISh va rasmingiz yonidagi tugmani bosamiz) – “Sozlamalar”ni tanlaymiz;⠀

➡ shaxsiy sozlamalar sahifasida “Xavfsizlik” yorlig‘ini tanlaymiz;⠀

➡ sizni maktabdan kelgan taklif kutmoqda - quyida “Tashkilotga kirishga ruxsat berish” qatorini bosamiz, so‘ngra “Tasdiqlash” tugmasini bosamiz.⠀

👍 Ish a’lo darajada bajarildi! Bola va ota-ona bog‘lanishdi.⠀

Video yo‘riqnoma: https://t.me/kundalik_com/599