O'zb
Kundalik kompaniyasi feyk-saytlar to‘g‘risida ogohlantiradi
30 avgust 2021

So‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklar orasida mashhur bo‘lgan portallarning elektron pochtalarini o‘g‘irlash holatlari tez-tez uchramoqda. Firibgarlar soxta saytlarning manzillaridan elektron maktub yuborib, sovrinni olish yoki to‘lov kartalari, akkauntlarning login va parollari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishni taklif qilishmoqda.

Soxta feyk-sayt juda o‘xshash nomga ega bo‘lishi, farq ba’zan bitta harf yoki manzil ramzida kuzatilishi mumkin.

Kundalik kompaniyasining nomidan login va parolni o‘zgartirish bo‘yicha taklif faqatgina parolni o‘zgartirish tugmasini o‘zingiz bosgan taqdiringizdagina keladi. Obuna uchun to‘lov faqat saytda va Click tizimi orqali qabul qilinadi.

Maktab ma’murlari yoki Xalq ta’limi vazirligi vakillari tomonidan sovrinni olish yoki to‘lov kartalari, akkauntlarning login va parollarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklif maktublari yuborilmaydi.

“Agar siz pochtangizda shunga o‘xshash xatni ko‘rsangiz, uni “Spam”ga kiriting va notanish tashqi saytlar/servislarga shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang. Agar pochtangizga kelgan xatning haqqoniyligi borasida shubhangiz bo‘lsa, ehtiyot chorasini ko‘ring hamda mazkur xat to‘g‘risida kompaniyaning Call-markaziga murojaat qilib, tekshirib oling. Kompaniyaning faqatgina rasmiy manbalaridan kelgan yangiliklarga ishoning”, - deydi “Kundalik”ning texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Hilola Izzatova.

Bunday noxush hodisalarning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  1. Ishonchli va murakkab parol o‘rnatish;
  2. “Xavfsizlik” yorlig‘ida o‘zingizning noyob elektron pochta manzilingizni kiriting hamda uni tasdiqlang.

Pochtani profilingizga o‘rnatish va uni sozlash to‘g‘risida ma’lumot olish uchun “Batafsil” tugmasini bosing.