O'zb
Sirdaryo viloyati maktablarida Kundalik tizimida ishlash bo'yicha seminarlar bo'lib o'tdi
9 iyul 2021

Sirdaryo viloyatining 186 ta maktabida Xalq ta’limi vazirligi vakillari hamda kompaniya metodistlari Kundalik platformasi ma’murlari uchun seminarlar o‘tkazdilar.

Mashg‘ulotlar raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlarini namoyish etgan nazariyadan iborat edi. O‘qituvchilar tizimni to‘ldirib, unda mustaqil ishlashni o‘rgandilar.


Guliston tumanida Kundalikning ota-onalar uchun taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda platformaning ishlashiga qiziqqan 600 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi.

Yakunda, faol maktablar ma’murlari va AKT bo‘limlari rahbarlari sertifikatlar bilan, Kundalik metodistlari esa seminarlarni o‘tkazgani uchun minnatdorlik sertifikatlari bilan taqdirlandilar.