O'zb
Qashqadaryo viloyatiagi “Kundalik” ma’murlari uchun seminarlar tashkil etildi
5 may 2021

Qashqadaryo viloyati maktablaridagi “Kundalik” tizimining 500 nafardan ortiq ma’murlari elektron jurnal bilan ishlash bo‘yicha seminarlarda ishtirok etishdi. “Kundalik” sertifikatlari “Yashil” hududda joylashgan maktablarning ma’murlariga hamda vebinarlarda qatnashgan va maktablarni nazorat qilgan tuman AKT faollariga topshirildi.

Taqdirlash marosimi yakunlangandan so‘ng, “Kundalik” metodistlari Xalq ta’limi vazirligi vakili bilan birgalikda ma’murlarning barcha savollari va takliflariga batafsil javob qaytarishdi.