O'zb
2021-yilda 2 mingdan ortiq pedagog Kundalik platformasida ishlashni o‘rgandi
13 aprel 2021

2021-yilning 8-11 aprel kunlari Urganch shahridagi 30-sonli maktabda administratorlar va o‘qituvchilar uchun seminarlar o‘tkazildi. Kundalik metodistlari axborotning nazariy qismini, tizim funksionali va imkoniyatlarini batafsil ko‘rsatgan holda, taqdimot ko‘rinishida taqdim etishdi.

Keyin pedagoglar metodistlar nazorati ostida elektron jurnal bilan mustaqil ishlashni boshlashdi. Bunday ko‘lamli seminarlardan tashqari, Kundalik metodistlari muntazam ravishda Toshkent va boshqa viloyatlar maktablari uchun “Savollar va javoblar” onlayn-munozaralarini ham tashkil qilib kelmoqda. Shuningdek, elektron jurnal bilan ishlashda ko‘plab qo‘shimcha savollar paydo bo‘layotgan o‘qituvchilar uchun savollarni yoki xatolarni batafsil ko‘rib chiqish maqsadida Zoom yordamida onlayn-uchrashuvlar ham o‘tkazilyapti.

Bu yil raqamli ta’lim platformasi bilan ishlashni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Samarqand, Xorazm viloyatlarida 2 mingdan ortiq o‘qituvchi o‘rgandi.