O'zb
Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida yangi daraxt ko‘chatlari ekildi
5 aprel 2021

2021 yil 3 aprel kuni “Kundalik” kompaniyasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida noyob daraxtlarning ko‘chatlari ekildi. 

Jahonda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra dunyoda har yili qog‘oz ishlab chiqarish uchun 125 million donadan ortiq daraxtlar kesilar ekan. O‘zbekistonda daraxtlarni kesish muammosi ham dolzarb bo‘lib, bu o‘z navbatida ekologiyaning yomonlashishiga olib kelmoqda. Hukumat ushbu muammoni hal qilish uchun choralar ko‘rmoqda va shaharni ko‘kalamzorlashtirish barqaror ekologik vaziyatni saqlashning eng samarali usullaridan biridir.     

Behzod Аzimov, Kundalik kompaniyasi Bosh direktori: “O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimining raqamlashtirilishi nafaqat texnologiyalarni rivojlantirish sohasi, balki mamlakatning ekologik boyliklarini saqlash bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Maktablarda Kundalik raqamli ta’lim platformasining joriy etilishi jurnallar va kundaliklarni ishlab chiqarish uchun qog‘oz xarajatlarini minimallashtirishga imkon beradi. Bugun biz ta’limni raqamli o‘zgartirishning boshlang‘ich bosqichidamiz va raqamlar haqida gapirish hali erta. Masalan, Rossiyadagi barcha maktablarda qog‘ozli hisobotlarni bekor qilishning minimal iqtisodiy samarasi yiliga taxminan 1,9 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ijtimoiy faol kompaniya sifatida biz Toshkent botanika bog‘i bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzoladik va bugungi aksiya hamkorlidagi ishimizning debochasidir”. 

Bitta kundalikni tayyorlash uchun taxminan 1 kg. yog‘och kerak bo‘ladi, bitta daraxtning og‘irligi o‘rtacha 200 kg. atrofida. Shunday qilib, bitta daraxt faqat 200 ta qog‘ozli kundalikni ishlab chiqarish uchun yetarli. Bugungi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab 1,5 million nafarga yaqin o‘quvchi elektron kundalikdan foydalanmoqda, uni ishlab chiqarish uchun esa 7500 mingta daraxt kerak bo‘lardi”, - deya qayd etadi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi vakili Arslon Rahmonqulov. 

“Yangi daraxtlarni ekish iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, havoning tozaligi bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etishda global ahamiyatga ega. Bugun ekilgan daraxtlarning navlari mintaqaning iqlimi va ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda tanlandi. Botanika bog'ida daraxtlar ruxsatsiz kesilish, qurib qolish va boshqa noqulay omillardan himoyalangan. Mutaxassislar daraxtlarni munosib parvarish qilish va o‘z vaqtida sug‘orishni ta’minlaydi, bu esa bog‘ning mikroiqlimiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Havoning sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri virusli kasalliklar, allergik reaksiyalarning o‘sishiga ta’sir qiladi, ayniqsa pandemiya davrida buni hisobga olish muhimdir. Shaharni ko‘kalamzorlashtirishga xususiy sarmoyalarni jalb qilish ekologik vaziyatni yaxshilashning samarali usuli hisoblanadi. Botanika bog‘i florasining yangi daraxtlar bilan boyishi va xilma-xilligi shaharning ekologik muammolarini yumshatishga yordam beradi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili Aleksandr Kazakov. 

Ma’lumot uchun: 

Bugungi kunga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab 1482 ta maktab qog‘oz jurnal va kundaliklardan foydalanishdan butunlay voz kechgan va Kundalik yordamida elektron hujjat aylanishiga o‘tgan.