O'zb
Elektron kundalik uchun to‘lov O‘zbekiston Qonuni va Konstitutsiyasini buzmaydi
22 fevral 2021

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ko‘pincha Kundalik platformasi nima uchun pullik va u O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid kelish-kelmasligi bilan qiziqishadi.

Biz huquqshunosdan foydalanuvchilar tomonidan elektron Kundalik uchun to‘lovlar, cheklar va ixtiyoriy ravishda elektron kundalikka o‘tish mavzusida beriladigan eng ko‘p savollarga javob berishni so‘radik. 

EK uchun to‘lov O‘zR Konstitutsiyasini buzadimi?  

Konstitutsiya va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning bepul o‘rta ta’limi bilan bog‘liq qoidalari buzilmaydi. O‘qish va maktabdagi ta’lim jarayoni uchun to‘lov olinmayapti. Kundalik o‘zingizning o‘quvchi-farzandingizni masofadan va ​​raqamli formatda monitoring qilib borish imkoniyatini beradi. Masofadan turib bolaning maktab hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun to‘lovni amalga oshirish ota-onalar uchun majburiy emas, ixtiyoriydir. Agar obuna bo‘lmasa, ota-onalar barcha ma’lumotlarni maktabdan yoki har kuni onlayn rejimida olishlari mumkin. Farqi faqat shunda.    

Kundalik nega bepul ta’lim to‘g‘risidagi Qonunni buzmoqda?

O‘zbekistonda ta’lim bepul amalga oshiriladi. Kundalik, faqat bepul ta’limning elektron shaklida bolalarning o‘zlashtirishini va boshqa ma’lumotlarni nazorat qilib borish imkonini beradi. Ota-onalar har doim qog‘ozli kundaliklarni o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olishgan, qonun va huquqlar bu holatda hech qanday tarzda buzilmaydi.    

O‘zbekistonda elektron kundaliklarni joriy etishga hali erta, nega xalqning fikri inobatga olinmaydi?

Mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 martdagi PQ-4642 sonli “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Hujjatda, shuningdek, raqamli texnologiyalarni ta’lim muassasalarida joriy etish zarurligi qayd etilgan.

 

Nega xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma va elektron kundalikka to‘lov amalga oshirilganligini ko‘rsatuvchi cheklar mavjud emas?

Fuqarolik kodeksining 364-moddasiga muvofiq, tomonlar o‘rtasida shartnomaning barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnoma tomonlardan biri taklif (shartnoma tuzish bo‘yicha taklif) yuborish va boshqa tomon uni qabul qilish orqali amalga oshiriladi.

Taklif, ya’ni shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif kundalik.com saytida foydalanuvchi shartnomasi shaklida joylashtirilgan bo‘lib, uni qabul qilish orqali foydalanuvchi shartnoma tuzadi. Mazkur hujjat bilan istalgan foydalanuvchi dastlabki kirish jarayonida vaqtinchalik login va parol bilan profilni faollashtirmasdan oldin tanishishi mumkin. Shuningdek, siz “Bir yil uchun to‘lov” tugmachasini bosgandan so‘ng, to‘lovdan oldin foydalanuvchi shartnomasi shartlari bilan tanishishingiz mumkin. 

Elektron kundalikka obuna pulini to‘lash orqali foydalanuvchi shartnoma tuzadi va unda ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan foydalanadi.

Ota-ona elektron kundalik uchun pul to‘lamaslikka, shu bilan shartnoma tuzmaslikka haqlidir. 

Nega cheklar yo‘q?

Kundalik kompaniyasi va maktablar pul operatsiyalarini amalga oshirmaydilar va shuning uchun chek bermaydilar. Cheklar, kvitansiyalar tijorat banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov tizimlarida rasmiylashtiriladi.   

Xuddi shu tarzda, davlatning elektron xizmatlari joriy etilmoqda: kadastrlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish, pasportlarni almashtirish, yashash manzillarini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar. Bugungi kunda elektron shakldagi 20 dan ortiq xizmatlar mavjud, ular faqat taklif va uni qabul qilish asosida shartnomasiz ishlaydi.

Kundalik kompaniyasi muloqot uchun ochiq, foydalanuvchilarning savollariga javob berishga va yangilanishlarni ishlab chiqishda platforma bo‘yicha amaliy tanqidni hisobga olishga tayyor. Platforma bo‘yicha savollaringiz, takliflaringiz va mulohazalaringizni elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin: team@kundalik.com.

Asossiz bayonotlar bilan provokatsion xabarlar va sharhlar mualliflariga telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda tuhmat qilish uchun O‘zbekiston JKning 139- va 140-moddalariga binoan javobgarlik borligi to‘g‘risida eslatib o‘tamiz.