O'zb
Kundalik ka obunani xarid qilish bo‘yicha savol-javoblar
24 noyabr 2020

Kundalik obunasini sotib olish haqidagi yangiliklar foydalanuvchilar tomonidan ko‘plab savollarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar va sharhlar ko‘pincha elektron kundalikning narxi, funksionalligi, shuningdek, ota-onalarning hisob raqamlarini o‘rnatish bo‘yicha noto‘g‘ri ma'lumotlar paydo bo‘lmoqda. Mazkur maqolada raqamli ta'lim platformasi to‘g‘risida tez-tez beriladigan savollarga javoblar jamlangan. 

Kundalik ka obuna bo‘lish ota-ona va o‘quvchi uchun qancha turadi?

Elektron kundalikka obuna bitta bola uchun yiliga 9,200 so‘mni tashkil etadi (oyiga 766 so‘m, kuniga 25,2 so‘m). Ushbu miqdor evaziga o‘quvchi, ota-onalar va bolaning maktab hayotini kuzatishni istagan boshqa qarindoshlar Kundalik ka kirish huquqiga ega bo‘lishadi. Uch yoki undan ortiq maktab o‘quvchisi bo‘lgan oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud. Kirish bir yilga taqdim etiladi, ya'ni elektron kundalik 2020 yil noyabrda sotib olingan bo‘lsa, u 2021 yil noyabrgacha amal qiladi. 

O‘zbekistonda har kim bepul ta'lim olish huquqiga ega. Nima uchun elektron kundalik pullik?

Kundalik va boshqa o‘quv anjomlari maktab tomonidan bepul berilmaydi; ota-onalar har doim o‘z farzandlari uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘zlari sotib olishgan. Elektron kundalikning joriy etilishi bilan kundalik qog‘oz ko‘rinishdan elektron ko‘rinishga o‘tilmoqda, xolos. Qog‘ozli kundalikni sotib olish o‘rniga, elektron ko‘rinishiga obuna bo‘lishingiz kerak.

Elektron kundalik ota-onalarga farzandlarini maktab hayotini uydan chiqmasdan va ishdan chalg‘imasdan boshqarish imkoniyatini beradi. Bu yerda hamma narsa yoziladi: uy vazifasi, dars qoldirishlar, sharhlar, baxolar, tadbirlar to‘g‘risida e'lonlar berib boriladi. Agar uy vazifasini bajarish jarayonida savol tug‘ilsa, o‘quvchi o‘qituvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizim yordamida murojaat qilib, aniqlashtirib olishi mumkin. O‘qituvchi, o‘z navbatida, qo‘shimcha o‘quv materialini taqdim etadi, video darslikka havola yuboradi. Ota-onalar tanlash bilan birga bolalarining bilim darajasini oshirish yoki elektron kundalikdan voz kechish barobarida maktabga farzandining baxosini bilish uchun murojaat qilish huquqiga egadirlar. 

Maktab o‘quvchilarining ota-onalari qaysi asoslarda xususiy kompaniya hisob raqamiga to‘lovlarni amalga oshirishi kerak?

Xalq ta'limi vazirligi va Kundalik kompaniyasi o‘rtasida davlat-xususiy sherikligi (DXSh) to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. DXSh - bu davlat va xususiy biznesning teng huquqli hamkorligi bo‘lib, uning doirasida davlat byudjet mablag‘larini tejaydi va xususiy sarmoyasiz sifatli amalga oshirib bo‘lmaydigan loyihalarni amalga oshiradi.

Kundalik loyihasi to‘liq Kundalik ning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, davlat byudjet pullarini dasturiy ta'minotni yaratish, ishlatish, saqlash hamda tizimni maktablarda tatbiq etishga sarflanmaydi. Maktablarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish davlatga qog‘oz jurnallarni sotib olishda tejash imkonini beradi, chunki ularga ehtiyoj bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tejalgan davlat mablag‘lari maktablarni komp'yuter va internet bilan jihozlashga sarflanadi. Shuningdek, Kundalik xususiy kompaniyasi tomonidan ishlab topilgan mablag‘lar platformaning texnik infratuzilmasini saqlash, uni rivojlantirish va kengaytirish uchun sarflanadi. Boshqa mamlakatlardagi shunga o‘xshash loyihalarda sharoitlar ushbu loyihani texnik jihozlarni davlat tomonidan ta'minlashga imkon berardi, ammo O‘zbekistonda barcha xarajatlar xususiy kompaniya tomonidan qoplanadi. 

Ushbu tizim O‘zbekistonda nima uchun kerak?

Elektron kundalik yordamida ota-onalar uydan chiqmasdan va ishdan chalg‘imasdan onlayn tarzda bolalarning darslari, uy vazifalari va darslarga borishini nazorat qilishlari mumkin. Ushbu raqamli vosita maktabdagi barcha muhim yangiliklarni, masalan, jadvaldagi o‘zgarishlar yoki maktabga bayramona kiyimda kelish zarurligi to‘g‘risida bilib olishga imkon beradi. Agar siz o‘qituvchi yoki boshqa ota-onalar bilan muammoni muhokama qilishingiz kerak bo‘lsa, bu tizim ichida tez va oson amalga oshirilishi mumkin.

Elektron kundalik tufayli bolalar darsda faol bo‘lish, o‘z iste'dodi va imkoniyatlarini namoyish etish uchun ko‘proq motivasiyaga ega bo‘lishlari imkoniyati mavjud. Bunday holda, o‘qituvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dars davomida bolaning ota-onasiga izoh yozishi, maqtashi yoki aksincha, noo‘rin xatti-harakatlarga e'tibor qaratishi mumkin. Platformadan foydalanib, siz ta'til paytida bolalarni qiziqarli tanlovlar, onlayn to‘garaklarga jalb qilishingiz mumkin. Kundalik tufayli, maktablarda o‘quv jarayoni karantin paytida uzilib qolmadi va o‘quvchilar o‘z uylaridan chiqmasdan bilim olishni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Nega kundalik uchun pul to‘lashdan tashqari, internet uchun ham to‘lashimiz kerak?

Kundalik.com veb-sayti TAS-IX hududida joylashgan bo‘lib, internet-trafik, shu jumladan uyali aloqa operatorlari orqali platforma bilan ishlashda internet trafik iste'mol qilinmaydi va internet uchun pul to‘lamaydi.

Электрон кундаликни қачон сотиб олиш керак? Нима учун ота-она тўлов тугмачасини кўрмайди?

23 noyabrdan boshlab foydalanuvchilar bepul sinov muddatining so‘nggi 7 kunidan foydalanishlari mumkin. Buni faqat ota-onaning akkauntidan amalga oshirish mumkin.Buning uchun ota-ona o‘z akkauntiga kirib, sinov muddatini faollashtirish  tugmasini bosishi kerak bo‘ladi. Kundalik uchun to‘lov 2020 yil 30 noyabrdan boshlanadi. Ota-ona farzandining elektron kundaligi uchun pul to‘lashi uchun, bolalar va ota-onalarning akkauntlari o‘rtasida “o‘zaro bog‘liqlik” yaratilgan bo‘lishi kerak.  “Bog‘liqlik”ni tekshirish uchun ota-ona o‘z akkauntidan tizimga kirishi va barcha farzandlarining kundaliklarini kuzata olish imkoniyatini sinab ko‘rishi kerak. Ushbsu havola orqali video ko‘rsatma bilan tanishishingiz mumkin.

Sozlamalarni o‘rnatish uchun maktab ma'muriga yoki sinf rahbariga murojaat qilish kerak.

E'tiboringizni shunga qaratmoqchi edikki, elektron kundalikni faqat www.kundalik.com veb-saytidan va faqat ota-ona yoki bola profilidan kirib, sotib olishingiz mumkin. Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javoblarni qo‘llab-quvvatlash xizmati (+998 (78) 888-82-82) ga qo‘ng‘iroq qilib yoki team@kundalik.com elektron pochtaga xat orqali murojaat qilib, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi Kundalik rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Elektron kundalikka kirish uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?

30 noyabr' kuni sinov muddati tugagandan so‘ng, foydalanuvchilar tizimga kirishda “To‘lash” tugmachasi paydo bo‘ladi, tugmacha bosilganda ikkita: Uzcard kartasi yordamida yoki CLICK to‘lov tizimi orqali to‘lov usuli ochiladi. Obuna uchun to‘lovni amalga oshirishda qo‘shimcha foizlar va komissiyalar olinmaydi.

Kundalik uchun obunani oilaning har bir a'zosi amalga oshirishi mumkin.

To‘lov mexanizmi bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalarni bu yerda o‘qishingiz mumkin. Shuningdek, yaqin kelajakda Kundalik ning ijtimoiy tarmoqlarida batafsil video ko‘rsatmalar taqdim etiladi (Kundalik ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlari: Facebook, Instagram, Telegram, YouTube, Mover). 

Nega turli sinflarda va maktablarda farzandlari bo‘lgan ota-onalar maktab hayotini alohida akkauntlardan kuzatishi kerak?

Bu noto‘g‘ri ma'lumot, Kundalik da siz oiladagi barcha bolalarni ota-onasi, buvisi, bobosi, xolasi yoki amakisining bitta akkauntiga, hatto ular turli maktablarda o‘qisa ham “bog‘lab qo‘yishingiz” mumkin. Buning uchun siz o‘zingizning ta'lim tashkilotingiz, sinf rahbari yoki ma'muriga murojaat qilishingiz kerak. 

Plastik karta bo‘lmasa, elektron kundalik uchun to‘lovni qanday amalga oshirsa bo‘ladi?

Agar oilada hech kimda karta bo‘lmasa, uni bankda ochish kerak. Uzcard  kompaniyasining veb-saytida kartani ochish borasida onlayn buyurtma berish mumkin. 

Firibgarlar to‘lov kartasidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishlari mumkinmi?

“Kundalik” tizimi foydalanuvchining karta ma'lumotlarini saqlamaydi. To‘lovlar xavfsizligi uchun to‘lovlar agregatori va Yagona Umumrespublika Prosessing Markazi “Uzcard” javobgardir. Ammo biz sizdan asosiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni va kartangiz ma'lumotlarini begonalarga bermasligingizni, to‘lovni boshqa yo‘l bilan amalga oshirishingizni so‘rayotganlar bilan muloqotga kirishmasligingizni so‘raymiz. Ishonchsiz ma'lumot manbalariga ishonmang.

 

Ma'mur qanday qilib bolalarning ota-onalar profiliga bog‘langanligini tekshirishi mumkin?

“Ota-ona” – “O‘quvchi” bog‘liqligi “Odamlar” bloki muharriri huquqiga ega ma'mur yoki xodim tomonidan o‘quvchi sahifasida o‘rnatiladi. Bog‘lanishni o‘rnatish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Nima uchun kechqurun Kundalik o‘qituvchilar uchun bloklanayapti?

Tizim bloklanmagan va 24/7 rejimida ishlaydi, faqat maktabdagi ma'murlar o‘qituvchilar ishini nazorat qilish maqsadida jurnallarni to‘ldirishga cheklov qo‘ygan taqdirdagina jurnallarga kirishga imkon bo‘lmaydi. Har 2 haftada bir marotaba soat 22:00 dan boshlab 1-2 soat davom etadigan texnik ishlar amalga oshiriladi. Texnik ishlar tugamasdan avval tizimga kira olmaysiz, shu bilan birga foydalanuvchilar texnik ishlar to‘g‘risida oldindan ogohlantiriladilar.

Jurnaldagi baxolar nega o‘zgartiriladi yoki o‘chiriladi?

Ta'lim tashkiloti xodimlari kiritilgan ma'lumotlarning sifatli, o‘z vaqtida va to‘liqligi uchun javobgardir. Agar baxolar o‘z vaqtida qo‘yilmasa, ma'mur yoki maktab rahbariyatiga murojaat qilishingizni maslahat beramiz. Sizning e'tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, baxolar bo‘yicha har qanday o‘zgarish tizimda saqlanadi va barcha harakatlar qayd etiladi. Agar o‘qituvchi baxoni eski sana bilan o‘zgartirsa, u o‘zgarish sababi to‘g‘risida tushuntirish izohini yozadi. Ota-ona qaysi o‘qituvchi, qaysi sana, qachon va qanday sabab bilan baxoni o‘zgartirganligini ko‘rsatadigan hisobotni so‘rashi mumkin.

Foydalanuvchi shartnomasi bilan qanday tanishish mumkin?

Foydalanuvchi shartnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tishda, shuningdek, saytning asosiy sahifasida tizimga kirishdan oldin tanishish mumkin.