O'zb
Kundalik kompaniyasi va A.Avloniy nomidagi institut bilan hamkorlik yuzasidan memorandum imzoladi
16 sentabr 2020

Imzolangan hujjatga muvofiq, o‘qituvchilar uchun onlayn-seminarlar o‘tkaziladi, hamda metodik qo‘llanmalarni yaratiladi.  Shuningdek, tomonlarda yuzaga keladigan savollar bo‘yicha konsul'tasiyalar tashkil qilinadi.

 «Hozirga qadar men Institutda malaka oshirayotgan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi pedagoglar uchun ikkita onlayn-seminar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldim. Ta'lim jarayoni tizim, uning funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlarini taqdim etishga qurilgan. Bir vaqtning o‘zida axborot texnologiyalari kafedrasining xodimlari Kundalik administratorlari uchun metodik qo‘llanma ustida ham ishlashmoqda», – deydi Kundalik metodisti Gulnora Ismoilova.

Shu bilan birga, ota-onalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ustida ham hamkorlikda ish olib borish rejalashtirilgan. Ularni ishlab chiqish jarayonida Kundalik kompaniyasining metodika bo‘limi hodimlari taqrizchilar sifatida qatnashadi.