O'zb
Viloyatlardagi pedagoglar elektron jurnal bilan ishlashga tayyor
15 sentabr 2020

Pedagoglarni Kundalik tizimida ishlashga masofadan o‘qitish ishlarining uchinchi bosqichi yakunlandi. Poytaxt va hududlardagi maktablarda o‘qituvchilar uchun onlayn-seminarlar uch bosqichda olib borildi. Ular 24 martdan boshlanib 28 avgustgacha davom etdi. Bu vaqt ichida Kundalik metodistlari 762 ta maktab va 14 ta lisey o‘qituvchilari bilan mashg‘ulotlar olib bordi.

Ta'lim jarayoni nazariya va amaliy ish asosida qurildi. Administratorlar platformada hisobot davrlarini, qo‘ng‘iroqlar va darslar jadvalini, sinflar va fanlarni yaratishni, pedagoglar esa elektron jurnalni to‘ldirishni, baholar qo‘yishni, davomatni qayd etishni, o‘quvchilarga uy vazifalarini jo‘natish va guruhlar yaratishni o‘rganishdi.

8 iyuldan 26 avgustga qadar 696 ta maktabda Kundalik mutaxassislari bilan savol-javob formatida onlayn-munozaralar o‘tkazildi. Ularda o‘qituvchilar elektron jurnalni to‘ldirish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldilar.

 

Ta'lim jarayonida qatnashgan  o‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Kundalik tizimida ishlash qulay va oson, hisobotlarning avtomat tarzda shakllantirilishi esa vaqtni tejaydi va uni bilimlarni oshirishga sarflash imkonini beradi.

Maxmudov Jasurbek G‘ulomjonovich, Namangan viloyati Chust tumanidagi 2-sonli o‘rta maktabning matematika o‘qituvchisi, Kundalik administratori:

«Maktabimizda o‘qituvchilar Kundalik raqamli ta'lim platformasi bilan ishlashi haqidagi xabar kutilmagan yangilik bo‘ldi. Dastlab, administratorning ishi qiyin bo‘lib ko‘rindi, ammo Zoom orqali onlayn o‘qiganimdan so‘ng hammasi juda qulay va oddiy ekanini tushundim. Ishlash osonligidan tashqari, Kundalik ta'lim sifatini oshiradi, shu paytgacha qog‘ozda ishlashga ketayotgan vaqtni tejaydi, o‘qituvchilarga darsga puxtaroq tayyorlanishga va o‘zaro tajriba almashishga yordam beradi. Endi o‘quvchilarning bilimlarini baholash tizimi ham shaffof bo‘ladi, bu juda muhim. Meni har darsda mavzuni qayta yozmasligim, mashg‘ulotlar sanasi ham avtomat tarzda o‘rnatilishi quvontirmoqda. Barcha fanlar bo‘yicha videodarslarni ko‘rib chiqish, turli guruhlarda muloqot qilish mumkin. Bunday ichki kommunikasiya messenjerlarning o‘rnini bosa oladi, deb o‘ylayman». 

Bugun poytaxt va viloyatlardagi maktablarning o‘qituvchilari ham onlayn-munozaralarda Kundalik platformasida ishlash borasida maslahatlar olishi mumkin. Taklif-havolani esa maktab joylashgan tuman metodistlaridan olish mumkin.