O'zb
Yangi o‘quv yilida butun mamlakat bo‘ylab 1200 ta maktab elektron kundaliklarga o‘tadi
13 avgust 2020

Yangi o‘quv yilidan boshlab qog‘oz kundaliklar va jurnallar mamlakatning 1200 ta maktabida bekor qilinadi. Bu, bir tomondan, o‘qituvchilarning qog‘oz jurnallarni to‘ldirishga va hisobotlarni qo‘lda yozishga ketadigan vaqtini tejasa, boshqa tomondan, ota-onalar va maktab orasidagi o‘zaro aloqani yaxshilaydi. 

Elektron kundalik maktabdagi barcha voqealardan va farzandingizning baholaridan onlayn rejimda xabardor bo‘lish, bolaning sinf rahbari va boshqa o‘qituvchilar bilan aloqani ushlab turish hamda bolaga ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga o‘z vaqtida yordam berish imkonini yaratadi.

Kundalik.com TAS-IX zonasida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlaganda internet-trafik, shu jumladan mobil operatorlar orqali ham, sarflanmaydi. Foydalanuvchilar haqidagi hamma ma'lumotlar “O‘zbektelekom” serverlarida saqlanadi. Bu ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari haqidagi shaxsiy ma'lumotlar ishonchli himoya ostida ekanini bildiradi.

Istiqbolda ushbu tizimga o‘tganda axborot yaxshiroq himoya qilinadi, chunki axborot maktab muloqoti uchun maxsus ishlab chiqilgan yopiq tizimga uzatiladi va saqlanadi. Qator tadqiqotlarga ko‘ra, ota-ona nazoratini hisr tadqiqotlarga ko‘ra, ota-ona nazoratini piq tizimga uzatiladi va saqlanadi.t, chto personal'nie dannie vari va salohiyatini ko‘proq namoyish etadi.

Oxirgi 2 yil ichida o‘qituvchilar uchun 7 ta majburiy hujjat o‘rniga bitta elektron jurnalda ishlash uchun sharoitlar yaratildi. Qog‘ozdan to‘liq voz kechish va elektron jurnallarga o‘tish o‘qituvchining ishini osonlashtiradi va vaqtini tejash imkonini beradi. O‘qituvchi tejalgan vaqtni o‘quvchilar bilan ijodiy ishga yoki o‘zining kasb mahoratini oshirishga sarflashi mumkin.

2020-2021 o‘quv yili boshlanishidan oldin Xalq ta'limi vazirligi Toshkent shahridagi o‘quvchilarning hamda mamlakat hududlaridagi mingga yaqin o‘quvchilarning ota-onalariga qog‘oz kundalik xarid qilish o‘rniga uning elektron analogiga obuna bo‘lish zarurligi haqida ma'lum qiladi. Mamlakatning qolgan qismida elektron kundalikning joriy etilishi maktablar ma'muriyati tomonidan alohida e'lon qilinadi.

Kundalik.com platformasiga obuna bo‘lish qiymati qog‘oz kundalikning o‘rtacha narxiga teng (yiliga 10 ming so‘m). Birinchi oy davomida ota-onalar tizim bilan sinov tariqasida ishlashlari mumkin.

O‘qituvchilar avvallari byudjet mablag‘lari hisobidan maktablarga xarid qilingan qog‘oz jurnallar bilan ishlaganlari kabi elektron jurnaldan bepul foydalanishlari mumkin.