Saytdagi hamkorlik dasturlari
Kundalik – keng koʼlamli umumrespublika taʼlim loyihasi boʼlib, foydalanuvchilarning tashrifi boʼyicha Oʼzbekistondagi saytlar TOP-10 ligidan oʼrin olgan.(Similarweb talqiniga koʼra, 2021 yil dekabr oyidagi holat). Har oy saytga oʼrta hisobda 2,7 milliondan ziyod foydalanuvchilar tashrif buyurishadi. Sahifalarni koʼrish soni esa 473 milliondan ortiq (2021 yil Noyabr holatiga koʼra, Yandex.Metrica talqiniga asoslangan holda).
Biz foydalanuvchilarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lamiz:

Kundalik axborot beruvchi
Kundalikdagi barcha loyihalar ijodiy va intellektual rivojlanishga hissa qoʼshgan holda, foydalanuvchilarga yangi bilimlarga ega boʼlishiga yordam beradi: reklama beruvchilar bilan birgalikda biz oʼquv ilovalari, tematik tarmoqlar va taʼlim uchun maxsus loyihalar yaratamiz. Ishtirokchilar oʼzaro tarmoq uskunalari (forum, sharhlar, shaxsiy xabarlar) yordamida maʼlumot almashish imkoniga egalar, bu esa auditoriya ishtirokini maksimal darajada qamrab olinishiga koʼmak beradi.

Kundalik qiziqarli
Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz saytdagi taʼlim muhitini koʼngilochar tadbirlar: tanlovlar, oʼyinlar va aktsiyalar bilan faol ravishda toʼldiradigan loyihalar yaratamiz. Ishtirokchilarni qimmatbaho sovrinlar bilan ragʼbatlantirish auditoriyaning saytga va reklama beruvchiga nisbatan qiziqishini oshiradi.

Kundalik xavfsiz
Kundalik – foydalanuvchilar va ta’lim tashkilotlarini ro‘yhatdan o‘tkazishning qat’iy tartibiga ega bo‘lgan yopiq axborot tizimi. Auditoriya saytdagi ma’lumotlarga ishonadi va 100 foiz tasdiqlangan akkauntlardan iborat.
Kundalik da quyidagi auditoriya mavjud:
- O‘quvchilar – 51 foiz
- Ota-onalar – 44 foiz
- O‘qituvchilar – 5 foiz
- Ayollar – 38 foiz
- Erkaklar – 62 foiz
Reklama imkoniyatlari
- Media reklama
- Brend va noan’anaviy formatlar
- Targeting uchun ajoyib imkoniyatlar
- Maxsus loyihalar
- O‘yin va o‘quv ilovalarini uyg‘unlashtirish
- Uyg‘unlashgan kommunikasiyalar (digital va offline)
- Oliy o‘quv yurtlari bilan olimpiadalar va ilmiy tanlovlar o‘tkazish va boshqalar.
Kundalik.com portalining Media to‘plamini bu yerda va mavjud reklama formatlarini bu yerda ko‘rish mumkin.
Kundalik bo‘yicha amalga oshirilgan maxsus loyihalar misollarini havolada ko‘rish mumkin.
Bu yerda reklama narxlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Reklamani joylashtirish masalalari bo‘yicha quyidagi telefon va elektron pochta orqali murojaat qiling: +998900541718
e-mail: adv@kundalik.com